“Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 218-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yil 3 mart kuni “Moddiy madaniy meros ob'ektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori qabul qilindi. Mazkur bandda madaniy meros ob'ektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta'minlash bo'yicha dastur qabul qilish bilan bog'liq vazifalar belgilangan.
Mazkur Qaror O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, shuningdek, davlat rahbarining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Qarorga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va departament markaziy apparatining tashkiliy, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlandi.
Bunda departament va uning hududiy boshqarmalari tuzilmalariga qo'shimcha 14 ta shtat birligini “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan kal'a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Ko'qon” davlat muzey-qo'riqxonalarining bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis lavozimlari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga ajratilishi ko'zda tutilgan.
Qaror bilan “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal'a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo'qon” davlat muzey-qo'riqxonalari qo'riqlanadigan tegralarining chegaralari tasdiqlandi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 mart kuniga qadar mahalliy byudjet mablag'lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:
– tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zgacha madaniy qimmatga ega bo'lgan ko'chmas mulk ob'ektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi ob'ekt bo'yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o'tkazish va ularni davlat muhofazasiga olish choralarini ko'rish, barcha moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk ob'ektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o'tkazish hamda Moddiy madaniy merosning kuchmas mulk ob'ektlari milliy ro'yxatini qayta shakllantirish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi bilan bog'liq vazifalar ham nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, Qarorda davlat muzey-qo'riqxonalari qo'riqlanadigan tegralaridagi yerlar ushbu tegralarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qolishi belgilangan.
Qarorda, shuningdek, moddiy madaniy meros ob'ektlariga egalik kiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar:
– moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk ob'ektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etishni qo'llab-quvvatlanishini, moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk ob'ektlari qo'riqlanadigan tegralarining loyihalari ishlab chiqilishini, moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk ob'ektlarini asrash bo'yicha ishlarni tegishli ruxsatnoma va litsenziya asosida o'tkazilishini va boshqa chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari shartligi alohida qayd etilgan.
Moddiy madaniy meros ob'ektlari xalqimizning noyob, boy ma'naviy xazinasi bo'lishi bilan bir qatorda, mamlakatimizning turizm salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim o'rin tutadi. Shu bois ularni muhofaza qilish, kelajak avlodga bezavol yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ushbu qaror ana shu kabi maqsadlarga xizmat qilishi bilan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati.