• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
Sabine Maxl
20970 | 22 Iyl. 2025 y.

Oʻzbekiston Prezidenti islohotlarining asosiy gʻoyasi – inson, fuqaroni barcha davlat jarayonlari markaziga qoʻyishdir

Sabine Maxl,
BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori:

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini alohida taʼkidlash joiz. Uning asosiy gʻoyasi barcha davlat jarayonlari markaziga shaxsni, fuqaroni qoʻyishdir. Bu boshqaruv, xizmatlar koʻrsatish va ijtimoiy himoya tizimiga taalluqlidir. Bunday yondashuv BMTning adolat, qulaylik va ishtirok etish tamoyillari asosida davlat institutlarini rivojlantirish kabi falsafasiga juda mos keladi.

Oʻzbekiston global muloqot uchun faol maydonga aylanmoqda. Soʻnggi paytlarda bu yerda koʻplab xalqaro tadbirlar, jumladan, iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan anjumanlar oʻtkazilmoqda. Raqamlashtirish bu barcha tashabbuslar uchun birlashtiruvchi mavzuga aylandi va biz BMT tomonidan zamonaviy yechimlarni ilgari surishda mamlakat rahbariyatini qoʻllab-quvvatlaymiz.

Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat xizmati tizimidagi oʻzgarishlar bilan bir qatorda, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, xususan, Milliy agentlik, shuningdek, joylarda aholi bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan noyob mahalla instituti tizimini rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarni ham alohida taʼkidlash lozim. Hududlarga tobora koʻproq eʼtibor qaratilmoqda, bu juda muhim. Taraqqiyot faqat poytaxtda toʻplangan emas, balki butun mamlakat hududini qamrab oladi. Eng muhimi, har bir islohot inson hayoti uchun real natijalar berishiga intilishdir. Chunki, oxir-oqibat, biz qilayotgan har bir ish inson manfaatiga qaratilgan boʻlishi kerak. Oʻzbekiston ushbu tamoyilga jiddiy sodiqligini namoyish etadi va bu hurmatga loyiq.

Manba: “Dunyo” AA

 


2
Похожие новости