Bugungi kunda aholi muammolarini tezroq aniqlash va hal etish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha “mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bundan koʻzlangan maqsad islohotlarni eng quyi tizimdan boshlab samarali amalga oshirishga erishish. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish markazida oʻtkazilgan navbatdagi davra suhbati mazmuni shu masalaga qaratildi.
Muloqot mavzusi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni samarali amalga oshirishda “mahalla yettiligi”ning oʻrni va roli”ga bagʻishlandi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Avazbek Xolbekov tadbir ishtirokchilariga jamiyat ishlarini boshqarishda mahallalar va davlat organlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada kuchaytirish boʻyicha tushunchalar berib oʻtdi.
Shuningdek, Markaz eksperti “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish maqsadi doirasida belgilangan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
Xususan, Strategiyada 2030-yilgacha mahalla mablagʻlarini aholining ovoziga koʻra, infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirish amaliyotini joriy qilib, mahallalardagi muammolarni hal etish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdorini kamida 3 barobar koʻpaytirish, aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlarni 24 trillion soʻmga yetkazish, mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish vazifalari koʻzda tutilgan.
Muloqot davomida shu kabi islohotlarni oʻz vaqtida va samarali ijro etilishida “mahalla yettiligi”ning faolligini oshirish lozimligi taʼkidlandi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla raislari mavzu doirasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Eslatib oʻtamiz, respublikamiz hududlari boʻylab “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni samarali amalga oshirishda “mahalla yettiligi” rolini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar, davra suhbatlari va muloqotlar muntazam oʻtkazilmoqda.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati