2025-yil 30-iyun kuni Buxoro shahrida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasida qashshoqlikni kamaytirish va ijtimoiy tenglikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan hududiy maslahatlashuv seminari boʻlib oʻtdi. Tadbir Jahon banki, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda Buxoro viloyati hokimligi rahbariyati, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, mahalla faollari — ijtimoiy xodimlar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va soliq xizmati xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilangan kambagʻallikni qisqartirish, barqaror iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy tenglikni taʼminlashga qaratilgan milliy ustuvor yoʻnalishlarni hududiy darajada qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazildi.
Seminar doirasida “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi, hududiy tengsizlik, iqtisodiy mobillik va qashshoqlik darajasini baholashga oid masalalar muhokama qilindi. Viloyatda qashshoqlikni kamaytirish, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish va mahallalarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan taqdimotlar namoyish etildi.
Jahon banki yetakchi iqtisodchilari — Ikuko Uochi, doktor Vondimagegn Tesfaye va doktor Adesola Sunmoni tomonidan Oʻzbekistonda qashshoqlik va tenglikni baholash boʻyicha soʻnggi tahlil natijalari taqdim etildi.
Unga koʻra, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va farovonlikni oshirish yoʻlida sezilarli natijalarga erishildi. Xususan, 2021-yildan 2024-yilgacha kambagʻallik darajasi 17 foizdan 8,9 foizgacha kamaydi va 2,5 million kishi kambagʻallik chegarasidan chiqishga muvaffaq boʻldi. Bu jarayonda ayniqsa qishloq hududlarida ijobiy siljishlar kuzatildi, aholining katta qismi ish haqi, qishloq xoʻjaligi va kichik biznes daromadlari hisobiga oʻz turmush darajasini oshirdi.
Shuningdek, oʻrtacha tabaqa ulushi 3-yil ichida 37 foizdan 60 foizga oshdi, bu esa iqtisodiy mobillikning kuchayganini koʻrsatadi. Toshkent shahri yuqori malakali va rasmiy ish oʻrinlari orqali oʻrta tabaqa kengayishiga katta hissa qoʻshdi.
Taqdimotda aholi daromadlari oʻrtasidagi tengsizlik, kambagʻal aholining barqaror daromadga ega emasligi, chekka hududlarda infratuzilma yetishmovchiligi hamda iqtisodiyot imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olinmayotganligi bilan bogʻliq ayrim dolzarb masalalar tilga olinib, ularni bartaraf etish maqsadida qator yondashuvlar taklif qilindi:
Xususan:
— ijtimoiy himoya dasturlarini manzilli kuchaytirish va daromadlarni adolatli taqsimlash;
— chekka hududlarda infratuzilmani rivojlantirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish;
— hududlar boʻylab imkoniyatlarni tenglashtirish uchun ichki migratsiya va ishchi kuchi mobilligini ragʻbatlantirish;
— oʻrta tabaqaning barqarorligini taʼminlash uchun sifatli bandlik va taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish;
— raqamli tafovutlarni qisqartirish orqali raqamli xizmatlardan teng foydalanishni taʼminlash.
Ushbu yondashuvlar orqali Oʻzbekiston barqaror oʻsish va inklyuziv farovonlikka erishishda yanada samarali harakat olib borishi taʼkidlandi.
Tadbirda ishtirokchilar oʻrtasida ochiq muloqot va maslahatlashuvlar oʻtkazildi. Seminar yakunlariga koʻra, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Jahon banki amaliyot menejeri doktor Ambar Narayan tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan xulosalar bildirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati