• О'zbek

Uzbekistan2030.uz

"TARAQQIYOT STRATEGIYASI"
  MARKAZI
"Taraqqiyot Strategiyasi" markazi

ISLOHOTLAR DASTURLARI, DAVLAT DASTURI VA “O‘ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASI: BARQAROR IQTISODIY O‘SISHGA QARATILGAN VAZIFALAR TAHLIL QILINDI

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida o‘tkazilgan davra suhbati “Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash” yo‘nalishi bo‘yicha davra suhbati “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi mas’ullari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov so‘zga chiqib, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlarining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishida belgilangan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

– “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlarida YAIMni 167 mlrd dollarga yetkazish, 1 mln fuqaro ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 % gacha tushirish, 23 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratish orqali 73 mingdan ortiq oila uy-joy bilan ta’minlash, iqtisodiyotga 50 mlrd AQSH dollari xorijiy investitsiya jalb etish kabi ko‘rsatkichlar belgilanmoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham qator ko‘rsatkichlar belgilangan bo‘lib, ular barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir, – dedi Jamshid Sharipov.

Tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idoralar vakillari “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalarida ko‘rsatilgan, o‘z yo‘nalishlariga taalluqli vazifalar hamda belgilangan ko‘rsatkichlar haqida tushuntirish berdilar.

Jumladan, vazirlik va idoralar tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi kabi vazirlik va idoralar mas’ullari ushbu vazifalarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yo‘llarini o‘z chiqishlarida tahlil qilib berdilar.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi
Axborot xizmati