2026-yil 27–30-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shenyang shahrida «Global Janub taraqqiyoti va boshqaruv» mavzusida Global Janub tahlil markazlari forumi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar departamenti, Lyaonin provinsiyasi, Lyaonin universiteti hamda Global Janub tahlil markazlari alyansi hamkorligida tashkil etilgan forumda turli mamlakatlarning yetakchi tahlil markazlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ekspert hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Global Janub mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat boshqaruvini takomillashtirish, raqamli transformatsiya va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Forumda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xakimov O‘zbekistonda raqamli transformatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda Xitoy bilan texnologik hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan qatnashdi.
Ma’ruzada raqamlashtirish O‘zbekistonning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini mustahkamlashda muhim omilga aylanayotgani ta’kidlandi.
Xususan, «O‘zbekiston — 2030» va «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyalari doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Bu borada elektron hukumat tizimining kengayishi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 900 dan ortiq xizmatning taqdim etilishi, shuningdek, davlat boshqaruvida ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish va avtomatlashtirilgan mexanizmlarni joriy etish muhim natijalar sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi qabul qilingani hamda ushbu sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilayotgani haqida ma’lumot berildi. Jumladan, sun’iy intellektdan foydalanishga oid qonunchilikda shaxsga doir ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun javobgarlik belgilanishi, inson huquq va erkinliklariga ta’sir qiluvchi qarorlarni faqat sun’iy intellekt natijalariga asoslanib qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston–Xitoy hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari ham ma’ruzaning muhim qismidan o‘rin oldi.
Xitoy O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi muhim hamkorlaridan biri ekani qayd etilib, «Raqamli ipak yo‘li» tashabbusi doirasida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, ilg‘or texnologiyalar transferini jadallashtirish va qo‘shma innovatsion loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, «Samarqand–2028» sun’iy yo‘ldoshi loyihasi mamlakatning kosmik texnologiyalar va raqamli infratuzilma sohasidagi salohiyatini oshirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli tashabbuslardan biri sifatida tilga olindi.
Forum doirasidagi muloqotlarda raqamli investitsiyaviy sheriklikni mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va innovatsion rivojlanish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida tahlil markazlari o‘rtasida muntazam ekspertlar muloqotini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikning amaliy mexanizmlarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati